«PSJ» narxni pasaytirgisi kelmayapti
15 AVGUST, 2026, 09:12
«Liverpul» va «PSJ» vinger Bredli Barkolya transferi shartlari bo'yicha kelishuvga erisha olmadi.
Parij grandi «qizillar»ning frantsuz futbolchisi bo'yicha 100 va 110 million evro miqdoridagi ikkita taklifini allaqachon rad etgan, deb xabar bermoqda Le Parisien.
Chempionlar ligasining amaldagi g'olibi 23 yoshli futbolchi uchun ancha ko'proq — 160 million evro talab qilmoqda. Shu tariqa, «Liverpul» «PSJ» talabini qondirish uchun Angliya futbolidagi transfer rekordini yangilashiga to'g'ri keladi.
Ishonchli ma'lumotlarga ko'ra, Bredli Barkolya «Liverpul» bilan kelishib olgan va transfer amalga oshishini xohlamoqda.
Hozircha parijliklar yon berishga va futbolchining narxini pasaytirishga tayyormi-yo'qmi, noma'lum.
