logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Italyan klubi Martinelli bo'yicha so'rov yuborgan

 15 AVGUST, 2026, 09:00

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Gabriel Martinelliga yana bir klub — «Napoli» qiziqish bildirmoqda.

Italiya grandi braziliyalik futbolchi bo'yicha ehtimoliy transfer shartlarini bilish uchun so'rov yubordi, deb xabar bermoqda jurnalist Janluiji Longari. Tomonlar muzokara olib bormoqda.

Avvalroq Turkiyaning «Galatasaray» klubi Gabriel Martinelli uchun 45 million evro taklif qilishga tayyor ekani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi. O'tgan mavsumda 25 yoshli futbolchi Mikel Arteta jamoasi safida 53 ta uchrashuv o'tkazib, 11 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ