logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Atletiko" o'rtoqlik o'yinida "Marsel"ni mag'lub etdi

 14 AVGUST, 2026, 23:12

Frantsiyaning "Marsel" va Ispaniyaning "Atletiko" klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Marseldagi "Oranj Velodrom" stadionida o'tgan bahsda mehmonlar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Birinchi bo'lim o'rtalarida "Marsel" hujumchisi Igor Payshao hisobni ochdi. 39-daqiqada "Atletiko" yarim himoyachisi Rodrigo Mendosa muvozanatni tikladi.

78-daqiqada esa madridliklar hujumchisi Karlos Martin gol urib, "Atletiko"ni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda hisob o'zgarmadi va uchrashuv 2:1 natijasi bilan yakunlandi.

"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares mazkur uchrashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

Ispaniya chempionatining yangi mavsumi 1-turida "Atletiko" 19 avgust kuni "Malaga"ga qarshi maydonga tushadi. "Marsel" esa Liga 1ning 1-turida 21 avgust kuni "Strasburg" bilan bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ