logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

De Yong "Barselona"ning yangi mavsumdagi maqsadlarini ochiqladi

 14 AVGUST, 2026, 23:06

"Barselona"ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoaning yangi mavsumdagi maqsadlari haqida fikr bildirdi.

"Biz o'z kuchimizga ishonamiz. Menimcha, jamoamiz tarkibi yaxshi va uni yanada kuchaytirishni ham uddalayapmiz. Har yili yanada kuchli bo'lib boryapmiz. Bu yosh jamoa, ammo allaqachon bir qator sovrinlarni qo'lga kiritishga ulgurdi.

Bizda katta ambitsiyalar bor va yanada ko'proq g'alaba qozonishni istaymiz.

Barcha musobaqalarda katta umid bilan ishtirokni boshlaymiz. So'nggi yillarda sovrinlar yutayapmiz, ammo hali bajarilmagan vazifalar ham bor. Biz har yili barcha turnirlarda g'alaba qozonishni xohlaymiz. Albatta, Chempionlar ligasi biz uchun alohida ahamiyatga ega", — deya de Yongning so'zlarini klub rasmiy sayti keltirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ