Fabritsio Romano: "Chelsi" Entso Fernandesni sotish variantini yopdi
14 AVGUST, 2026, 23:06
"Chelsi" mahalliy vaqt bilan soat 17:00 ga qadar yarim himoyachi Entso Fernandesni sotib olish bo'yicha birorta ham yozma taklif olmadi. London klubi aynan shu vaqtni futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilish uchun so'nggi muddat sifatida belgilagan edi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "Chelsi" endi 25 yoshli futbolchini 120 mln funt, ya'ni taxminan 140 mln evro evaziga sotish variantini ko'rib chiqmayapti. Aynan shu summa may oyi oxirida ehtimoliy xaridorlarga ma'lum qilingan edi.
Entso Fernandes 2023 yil yanvaridan beri "Chelsi" safida to'p surib kelmoqda. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2032 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, argentinalik yarim himoyachining bozor qiymati 100 mln evroni tashkil etadi.
