logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Nyukasl" "Benfika" himoyachisi bilan 2031 yilgacha shartnoma shartlarini kelishib oldi

 14 AVGUST, 2026, 23:00

"Nyukasl" "Benfika"ning o'ng qanot himoyachisi Amar Dedich transferi bo'yicha muzokaralarda ancha ilgarilab ketgan.

Xabarlarga ko'ra, kelishuv qiymati taxminan 30–35 mln evroni tashkil etishi mumkin.

Insayder Florian Plettenberg ma'lumotiga ko'ra, Bosniya va Gertsegovina terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi "Nyukasl" bilan 2031 yilga qadar mo'ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini allaqachon kelishib olgan.

Dedich avval "Red Bull Zaltsburg" safida hozir "Nyukasl"ni boshqarayotgan Mattias Yayssle qo'l ostida to'p surgan.

2026 yilgi jahon chempionatida Amar Dedich 3 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta sariq kartochka oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ