logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Rasman: Davide Frattezi "Inter"dan "Latsio"ga ijaraga o'tdi (foto)

 14 AVGUST, 2026, 22:54

Davide Frattezi "Inter"dan "Latsio"ga o'tdi.

Milan klubi 26 yoshli yarim himoyachini mavsum oxiriga qadar Rim jamoasiga ijaraga berdi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ham ko'zda tutilgan.

Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, "Inter" ijara uchun hozirning o'zida 5 mln evro oladi. Agar Frattezi "Latsio"da doimiy asosda qolsa, milanliklarga yana 10 mln evro to'lanadi.

Shuningdek, "neradzurrilar" futbolchi keyinchalik boshqa klubga sotilgan taqdirda, transfer summasining 50 foizini olish huquqiga ega bo'ladi.

Frattezi o'tgan mavsum A Seriyada 22 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib tura olmadi.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ