logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Superliga: "Qizilqum" birinchi bo'limdagi gollar evaziga "Mash'al"dan ustun keldi

 14 AVGUST, 2026, 22:30

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Qizilqum" — "Mash'al" uchrashuvi mezbonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Navoiyda o'tgan bahsda "Qizilqum" har ikki golni birinchi bo'limda kiritdi.

10-daqiqada Otabek Jo'raqo'ziev hisobni ochdi. 34-daqiqada esa Shahzod Rahmatullaev mezbonlarning ustunligini ikki to'pga etkazdi.

Ikkinchi bo'limda "Mash'al" hisobni qisqartirishga harakat qildi, ammo muborakliklar raqib darvozasiga yo'l topa olmadi.

Shu tariqa, Jamshid Saidov boshqarayotgan "Qizilqum" 20 ochko bilan 12-o'ringa ko'tarildi. Sergey Lushchan shogirdlari esa 4 ochko bilan so'nggi 16-pog'onada.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ