logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Navbahor" — "Bunyodkor" bahsi statistikasi: mezbonlar 24 ta zarba berdi

 14 AVGUST, 2026, 22:18

Superligada "Navbahor" va "Bunyodkor" o'rtasidagi sermahsul uchrashuv namanganliklarning 4:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Bahs statistikasiga ko'ra, "Navbahor" hujumkorlik borasida raqibidan sezilarli ustunlik qildi. Namanganliklar darvoza tomon jami 24 ta zarba yo'llab, shularning 10 tasini aniq amalga oshirdi. "Bunyodkor" esa 6 ta zarbadan 3 tasini aniq yo'lladi.

Kutilgan gollar ko'rsatkichi — xG bo'yicha ham "Navbahor"ning ustunligi katta bo'ldi: 4,23 — 0,49.

To'p nazoratida esa jamoalar o'rtasida katta farq kuzatilmadi — 52 foiz "Navbahor", 48 foiz "Bunyodkor" foydasiga.

Paslar aniqligi bo'yicha toshkentliklar biroz yaxshiroq natija ko'rsatdi — 82 foizga qarshi 80 foiz.

"Navbahor" 15 ta kalit pas amalga oshirgan bo'lsa, "Bunyodkor"da bu ko'rsatkich 5 tani tashkil qildi. Burchak zarbalari bo'yicha ham mezbonlar katta ustunlikka ega bo'ldi — 7:0.

Qoidabuzarliklar soni "Navbahor"da 11 ta, "Bunyodkor"da 16 tani tashkil etdi. Har ikki jamoa 2 martadan ofsayd holatiga tushib qoldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ