BBC: "Shaxtyor" "Chelsi" stadionida o'ynash bo'yicha muzokara olib bormoqda
14 AVGUST, 2026, 22:06
Donetskning "Shaxtyor" klubi Chempionlar ligasidagi uy uchrashuvlarini Londonning "Stemford Brij" stadionida o'tkazish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Ukraina klubi bu masala bo'yicha allaqachon muzokaralarni boshlagan. Taxminan 40 ming tomoshabinga mo'ljallangan "Chelsi" arenasi hozircha "Shaxtyor" uchun ustuvor variant hisoblanmoqda.
Avvalroq Donetsk klubi "Fulxem" va "Brentford" stadionlarini ham ko'rib chiqqan. Biroq ular sig'imi bo'yicha "Stemford Brij"dan kichikroq.
Qayd etilishicha, "Chelsi" yangi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etmaydi. London klubi o'tgan mavsum Angliya chempionatini 10-o'rinda yakunlagan.
