logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Superliga: "Dinamo" va "Xorazm" 4 ta gol urilgan o'yinda durang qayd etdi

 14 AVGUST, 2026, 22:00

Superliga 17-turidan o'rin olgan "Dinamo" — "Xorazm" uchrashuvi 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Samarqandda o'tgan bahsda hisobni 41-daqiqada "Xorazm" yarim himoyachisi Rustamjon Abduhamidov ochdi. Shu tariqa, mehmonlar birinchi bo'limni minimal ustunlik bilan yakunladi.

Ikkinchi bo'limda "Dinamo" tashabbusni o'z qo'liga oldi. 63-daqiqada Behruzbek Oblaqulov hisobni tenglashtirdi.

75-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Jahongirbek Abdusalomov "Dinamo"ning ikkinchi golini urib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi.

Biroq samarqandliklar ustunlikni saqlab qola olmadi. 80-daqiqada Diyorbek Ortiqboev "Xorazm"ning javob golini kiritdi va hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirdi.

Qolgan daqiqalarda jamoalar g'alaba golini ura olmadi va uchrashuv durang bilan yakunlandi.

"Dinamo" 22 ochko bilan 8-o'rinda, "Xorazm" 20 ochko bilan 11-pog'onada.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ