logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sancho yana APLda o'ynamoqchi emas

 14 AVGUST, 2026, 21:48

Erkin agent maqomidagi futbolchi, «Manchester Yunayted»ni tark etgan Jeydon Sancho APL klublaridan takliflar olganiga qaramay, faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishga moyil. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

26 yoshli vinger asosiy da'vogar Dortmundning «Borussiya» klubi bo'lib turibdi.

Sancho 2021 yilda «Borussiya»dan «Manchester Yunayted»ga o'tgan. Angliyalik futbolchi o'tgan mavsumni «Aston Villa»da ijara asosida o'tkazib, 39 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Unai Emeri jamoasi bilan birga Evropa ligasida g'olib chiqdi.

Undan avvalgi mavsumda esa futbolchi «Chelsi»da ijara asosida o'ynadi va 41 ta uchrashuv o'tkazdi. Kelishuvda futbolchini majburiy tarzda sotib olish bandi mavjud edi, biroq London klubi «Manchester Yunayted»ga qariyb 6 million evro miqdorida kompensatsiya to'lab, futbolchini ortga qaytardi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ