logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Bolonya" Roberto Pikkolini "Fiorentina"dan ijaraga oldi

 14 AVGUST, 2026, 19:30

"Bolonya" hujum chizig'ini "Fiorentina" forvardi Roberto Pikkoli bilan kuchaytirdi.

25 yoshli hujumchi "Bolonya" safiga 2027 yil 30 iyunga qadar ijara asosida qo'shildi. Kelishuvda ma'lum shartlar bajarilgan taqdirda futbolchini majburiy tarzda sotib olish bandi ham mavjud.

Xabarlarga ko'ra, Pikkolining keyingi to'liq transferi 18 mln evroga tushadi. Bundan tashqari, yana 2 mln evro miqdorida bonuslar ham ko'zda tutilgan.

Pikkoli 2025 yil yozida "Kalyari"dan "Fiorentina"ga 25 mln evro evaziga o'tgan edi.

U Florentsiya klubi safida barcha musobaqalar doirasida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ