Embolo MLSga yo'l oladi
14 AVGUST, 2026, 19:30
«Renn» hujumchisi Brel Embolo MLS a'zosi «Atlanta Yunayted» klubiga o'tishga juda yaqin turibdi. Ouest-France nashri xabariga ko'ra, AQSh klubi 29 yoshli shveytsariyalik futbolchi uchun 17 million evrodan sal ko'proq mablag' to'laydi.
Embolo amerikaliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo'lgan. Uning «Renn» bilan shartnomasida ushbu yoz uchun aniq belgilangan tovon puli miqdori ko'rsatilgan edi.
O'tgan mavsumda Embolo «Renn» safida barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Shveytsariya terma jamoasida esa u 92 ta o'yin o'tkazib, 26 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan.
