UFC. Dana Uayt: «Xabib barcha davrlarning eng buyuk jangchisiga aylangan bo'lardi»
14 AVGUST, 2026, 19:18
UFC prezidenti Dana Uayt tashkilotning amaldagi yarimo'rta vazn chempioni Islam Maxachev va sobiq chempion Xabib Nurmagomedovning yutuqlarini o'zaro solishtirdi.
Uaytning fikricha, Maxachev oktagonda uzoqroq faoliyat olib borgani evaziga UFC'da Xabibga qaraganda ko'proq muvaffaqiyatlarga erishgan. Biroq tashkilot rahbari Nurmagomedov 2020 yilda faoliyatini yakunlamaganida, bundan ham hayratlanarli meros qoldirishi mumkin edi deb hisoblaydi.
«Ochiq-odin ko'rinib turibdiki, Islam Xabibga qaraganda ko'proq natijaga erishdi, chunki u uzoqroqjang qildi. Agar Xabib faoliyatini davom ettirganida yana nimalarga erisha olish mumkinligini kim bilsin, deysiz.
Rostini aytganda, agar Xabib hammaning qo'lidan kelishini yaxshi bilgan narsalarini qilishda davom etganida, u shubhasiz barcha davrlarning eng buyuk jangchisiga aylangan bo'lardi», — dedi Uayt TMZ Sports nashriga bergan intervyusida.
