Superliga. "Dinamo" — "Xorazm". Tarkiblar ma'lum
14 AVGUST, 2026, 19:12
Superliga 17-turi doirasida "Dinamo" o'z maydonida "Xorazm"ni qabul qiladi.
Uchrashuv bugun, 14 avgust kuni soat 20:00 da boshlanadi. Bahsni bosh hakam Olim To'ychiboev boshqarib boradi.
Jamoalarning asosiy tarkiblari ham ma'lum bo'ldi.
"Dinamo"ning asosiy tarkibi:
Edem Nemanov, Mixail Shtefan, Jaloliddin Jumaboev, Amadu Dumbuya, Rasul Yo'ldoshev, Nurillo To'xtasinov, Behruzbek Oblaqulov, Tigran Avanesyan, Sanjar Qodirqulov, Marko Stanoevich, Firdavs Abdurahmonov.
"Xorazm"ning asosiy tarkibi:
Umidjon Ergashev, Suhrob Izzatov, Sunnatullo Hamidjonov, Azizbek Pirmuhammadov, Daniil Nug'monov, Diyorbek Ortiqboev, Umidbek Sultonov, Rafael Sabino, Elzio Loxan, Rustamjon Abduhamidov, Ulug'bek Hoshimov.
"Dinamo"ga Vadim Abramov, "Xorazm"ga esa Sergey Tokov bosh murabbiylik qilmoqda.
Uchrashuvda VAR vazifasini Firdavs Norsafarov, AVAR vazifasini esa Elnur Doniyorov bajaradi.
