logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:45
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Diego Gomes "Brayton" bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi

 14 AVGUST, 2026, 19:06

"Brayton" yarim himoyachisi Diego Gomes klub bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi. Kelishuvda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.

23 yoshli futbolchi "Brayton" safiga 2025 yil yanvar oyida qo'shilgan. Shundan beri u klub tarkibida barcha musobaqalar doirasida 56 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

"Brayton" sport direktori Mayk Keyv Gomesning jamoaga qo'shilganidan keyingi ta'sirini yuqori baholab, futbolchining kelgusida yanada rivojlanishiga ishonch bildirdi.

"Diego jamoamizga kelganidan beri muhim futbolchilardan biri bo'lib kelmoqda. Uning uzoq muddatli kelajagini klub bilan bog'laganimizdan mamnunmiz.

U Premer-liga futboliga juda tez moslashdi va jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Biz Diego bu mavsumda ham rivojlanishda davom etishiga va joriy mavsumda ham, kelajakda ham maqsadlarimizga erishishimizda muhim rol o'ynashiga ishonamiz", — dedi Keyv.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ