logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Arteta Timberning tiklanish muddatini aytdi

 14 AVGUST, 2026, 18:54

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Yurrien Timberning maydonga qaytishiga hali bir necha hafta borligini ma'lum qildi. London klubi uzoq muddatli chov sohasidagi jarohatdan tiklanayotgan himoyachining reabilitatsiyasida ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda.

Artetaning aytishicha, 25 yoshli futbolchi hozir mashg'ulotlardagi yuklama va ish hajmini bosqichma-bosqich oshirmoqda, ammo tiklanish jarayoni hali yakuniy bosqichga etmagan.

"Uning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda, ammo hali yana bir necha hafta kerak. Bu uzoq vaqtdan beri davom etayotgan muammo va biz har bir qadamni to'g'ri tashlayotganimizga ishonch hosil qilmoqchimiz", — dedi Arteta.

Timber dastlab mart oyida "Everton"ga qarshi uchrashuvda chov sohasidan jarohat olgan. Keyinchalik u may oyida "Pari Sen-Jermen"ga qarshi Chempionlar ligasi finalida maydonga tushish uchun tiklangan, ammo shundan so'ng jarohat yana bezovta qila boshlagan.

Jarohatning qaytalanishi oqibatida Timber Niderlandiya terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati uchun tarkibidan chetda qoldi va "Arsenal"ning mavsumoldi turnesida ham ishtirok eta olmadi.

Kutilishicha, himoyachi 16 avgust kuni "Manchester Siti"ga qarshi Angliya Superkubogi bahsini, shuningdek besh kundan keyin "Koventri Siti"ga qarshi Premer-liganing 1-tur uchrashuvini o'tkazib yuboradi.

Timberning yo'qligi Arteta uchun ayniqsa noqulay vaziyatni yuzaga keltirmoqda. Chunki Vilyam Saliba ham jahon chempionati vaqtida olgan bel jarohati sabab safdan chiqqan.

Shu bois "Arsenal" himoya chizig'ini kuchaytirish bo'yicha izlanishlarni faollashtirgan. "Bayer" himoyachisi Jarell Kuansa va "Aston Villa" futbolchisi Ezri Konsa London klubi bilan bog'lanayotgan nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ