Jeremi Doku Entso Mareskaning o'yin uslubi haqida gapirdi
14 AVGUST, 2026, 18:30
«Manchester Siti»ning belgiyalik vingeri Jeremi Doku klub bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirganidan so'ng, yangi bosh murabbiy Entso Mareska bilan ishlash va jamoaning yangi o'yin uslubi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Entso Mareskaning o'yin uslubi haqida
«Men Koreyadagi o'rtoqlik o'yinlarini va boshqa bahslarni tomosha qildim — o'yin uslubi juda jozibador. Men bu taktikani uning avvalgi klublarida ham ko'rganman va u menga, ayniqsa, vingerlarning agressiv o'yini juda mos keladi. U xavfli vaziyatlar yaratishda bevosita vingerlarga tayanadi va o'yinlardan ko'rinib turibdiki, ular aynan shuni amalga oshirishmoqda. Shu sababli men ham o'z hissamni qo'shishga, bor imkoniyatimni ko'rsatishga va, albatta, murabbiy mendan nima talab qilsa, shuni bajarishga harakat qilaman».
Pep Gvardiola va yangi shartnoma haqida
«Pep Gvardiolani u bilan birga o'tkazgan yillarim bilan tabriklamoqchiman. Ular ajoyib edi va men undan juda ko'p narsa o'rgandim. Birinchi suhbatimizni juda yaxshi eslayman va hozir shu erda ekanim, yangi shartnoma imzolayotganim ham uning sharofati bilan. Va ha, Entso bilan ishlashdan juda xursandman», — dedi Doku «Manchester Siti»ning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
