logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mbappe: «Bu mavsumda «Real» sovrinlarni qo'lga kiritishiga ishonchim komil»

 14 AVGUST, 2026, 18:30

«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe 2026/2027 yilgi mavsumda jamoaning muvaffaqiyat qozonishiga va yangi sovrinlarni yutishiga to'liq ishonishini ta'kidladi.

«Biz g'alaba qozonishimiz kerak va menimcha, bu yil sovrinlarni qo'lga kiritamiz. Jamoamiz oldingi mavqeini qaytara olishiga ishonchim komil. Butun mavsum davomida diqqat-e'tiborimizni bir joyga jamlaymiz», — dedi Mbappe The Touchline nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe 2024 yilning yozida «Real Madrid» safiga kelib qo'shilgan edi. Ushbu davr mobaynida frantsuz futbolchisi «qaymoqranglilar» bilan ikkita sovrinni — UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokni qo'lga kiritdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ