Mbappe: «Mourinodek murabbiyning borligi juda ajoyib»
14 AVGUST, 2026, 18:24
«Real Madrid»ning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe yangi mavsum oldidan o'z umidlari va jamoaning yangi bosh murabbiysi Joze Mourino haqida fikr bildirdi.
«Biz g'alaba qozonishimiz kerak va menimcha, bu yil sovrinlarni qo'lga kiritamiz. Jamoamiz oldingi mavqeini qaytara olishiga ishonchim komil. Butun mavsum davomida diqqat-e'tiborimizni bir joyga jamlaymiz.
Hozir oldinga qadam tashlash va sovrinlarni yutishning ayni vaqti. Bu erga kelish, shu klubda bo'lish men uchun bolalikdagi katta orzu edi. Bu erda ekanimdan qanchalik baxtiyor va omadli ekanimni anglab turibman. Endi esa maydonga tushib, g'alaba qozonishimiz shart.
Yonimizda g'alaba qozonish yo'lini va sirlarini yaxshi biladigan Joze Mourinodek murabbiy borligi juda ajoyib», — dedi Mbappe Madrid Universal nashriga bergan intervyusida.
