Jorjina Ronalduning familiyasini olmadi
14 AVGUST, 2026, 18:18
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges kuni kecha rasman er-xotinga aylanishdi. Ular uzoq yillardan beri munosabatda bo'lib, besh nafar farzandni tarbiyalab kelayotgan edilar, biroq nikoh marosimi 11 avgust kuni bo'lib o'tdi.
E'tiborlisi, Jorjina Ronalduning familiyasini olmadi. Jornal de Noticias nashri xabariga ko'ra, to'ydan so'ng Krishtianu va Jorjina o'z familiyalarida qolishgan.
Shuningdek, marosimda Krishtianu Ronalduning onasi, opa-singillari va akasi ishtirok etmagani xabar qilingan edi.
