logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dovbik: «Italiyada hali mening eng yaxshi sport formamni ko'rishmadi, ammo endi yana futboldan zavq olishim mumkin»

 14 AVGUST, 2026, 18:18

«Bolonya»ning yangi hujumchisi Artyom Dovbik yangi mavsum oldidan o'z sport formasi va «Roma»dan ketish tafsilotlari haqida so'zlab berdi.

Ukrainalik 29 yoshli forvard iyul oyi oxirida «Roma»dan «Bolonya»ga o'tgan edi. Klublar o'rtasidagi ijara shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan bo'lib, unda 17 million evro evaziga sotib olish optsiyasi ham ko'zda tutilgan. Shuningdek, «Roma» futbolchi maoshining bir qismini (3,5 million evro) to'lab berishi xabar qilingan.

O'z formasi va yangi jamoasi haqida:

«Italiyada siz hali meni eng yaxshi sport formamda ko'rmadingiz, lekin buni shu erda ko'rsata olishimga umid qilaman va ishonaman. Hozir yana futboldan zavq ola olishimni his qilyapman. Men bu tuyg'uni qaytadan kashf etyapman va klub uchun muhim ekanimni sezyapman».

«Roma»dagi qiyinchiliklar va «Milan»ga barbod bo'lgan transfer haqida:

«O'tgan yili mavsumoldi yig'ini tugagach, «Roma» menga o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun boshqa klubga o'tishim kerakligini aytdi. Men «Milan»ga o'tishga juda yaqin edim, ammo transfer oynasi yopilishiga uch kun qolgandi va vaqt etmay qoldi.

Mavsumni kam o'yin amaliyoti bilan boshladim va menga zaxira hujumchisi bo'lishimni tushuntirishdi. Asosiy o'yinchi sifatida uzoq mavsumga tayyorlangandim va bu vaziyat bilan kelishish juda qiyin bo'ldi. Tobora kamroq maydonga tushdim, bu endi menga zavq keltirmay qo'ydi, keyin esa jarohat oldim. Bularning bari ortda qoldi, endi shunchaki maydonga tushib o'ynashni va zavqlanishni xohlayman».

«Bolonya» bilan muzokaralar haqida:

«Sport direktori Marko Di Vayo to'rt yil avval «Dnepr»da o'ynab yurgan vaqtimdayoq menga qo'ng'iroq qilgandi. Biz buni muhokama qilish uchun ikki-uch marta gaplashganmiz, lekin faqat Ukrainada o'ynagan hujumchi uchun son-sanoqsiz pul sarflash juda xatarli edi. Bu yozda Di Vayo va Domeniko Tedesko bilan yana gaplashdim va shunchaki aytdim: «Agar meni tarkibda ko'rishni xohlasangiz, «Bolonya» kabi klubda qobiliyatimga ishonsangiz, men kelaman»», — dedi Dovbik.

Eslatib o'tamiz, «Bolonya» o'tgan mavsumda Seriya Ada 8-o'rinni egallagan edi. Domeniko Tedesko shogirdlari yangi mavsumning 1-turida 22 avgust kuni o'z maydonida «Napoli»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ