logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Esports World Cup 2026. Nodirbek Abdusattorov chorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi

 14 AVGUST, 2026, 18:06

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng yirik onlayn shaxmat turnirlaridan biri 2026-yilgi kibersport bo'yicha Jahon chempionatida o'z yurishini to'xtatdi.

Musobaqada NAVI jamoasi nomidan ishtirok etgan O'zbekistonning ikkinchi raqamli grossmeysteri Denis Lazavik bilan bahs olib bordi. Dastlabki to'rtta partiyada g'olib nomi aniqlanmadi. Shundan so'ng, armaggedon bahsida Lazavik g'alaba qozondi hamda keyingi bosqichga yo'l oldi.

Shaxmatchilar “10+0” ya'ni rapid formatida bahslashadi. Ikkita raqibdan mag'lubiyatga uchragan ishtirokchi chempionlik uchun kurashni tark etadi. Turnirning sovrin jamg'armasi 1,5 million AQSh dollarini tashkil etadi va g'olib 250 ming dollarni qo'lga kiritadi.

Ma'lumot uchun, 2025-yilgi Esports World Cup kibersport turnirida NAVI jamoasi safida ishtirok etgan Nodirbek Abdusattorov 5-o'rinni egallab, 85 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulini qo'lga kiritgan edi.

Ishtirokini guruh bosqichida yakunlagan Team Vitality vakili Javohir Sindorov esa 50 ming AQSh dollari bilan taqdirlangan. U joriy yilgi musobaqada ishtirok etmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ