logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Amorim Leauni «Milan»da olib qolishga tayyor

 14 AVGUST, 2026, 18:06

«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim vinger Rafael Leauni tarkibda saqlab qolishga qarshi emas, ammo agar yaxshi taklif tushsa, uning sotilishiga to'sqinlik qilmaydi. Bu haqda Sky Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotiga ko'ra, «rossoneri»lar portugaliyalik futbolchi uchun moliyaviy talablarini pasaytirishgan — avvalroq klub u uchun 60 million evro so'ragan bo'lsa, endilikda 40–45 million evroga sotishga rozi.

Aslida Leauning «Milan» bilan yana ikki yillik shartnomasi mavjud va hujjatda tovon puli 175 million evro etib belgilangan. Biroq Italiya klubi shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda futbolchining bozor qiymati yanada tushib ketishidan xavotirda va shu sababli uni hoziroq sotish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Ta'kidlanishicha, shu yozda Leauning o'zi Angliya Premer-ligasi yoki Ispaniya La Ligasi klublaridan taklif kutgan, ammo hozircha ushbu chempionatlardan hech qanday rasmiy taklif tushmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ