«Barselona» «Sporting» hujumchisi uchun 80 mln evro to'lashiga to'g'ri keladi
14 AVGUST, 2026, 17:54
«Sporting» klubi «Barselona»ning qiziqishi fonida hujumchi Luis Suaresni sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Avvalroq Kataloniya klubi 28 yoshli kolumbiyalik futbolchini o'z transfer ro'yxatiga kiritgani ma'lum bo'lgan edi. Suares «ko'k-anorranglilar» tomonidan «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresga muqobil nomzod sifatida ko'rib chiqilmoqda. Biroq «Sporting» Suaresni jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri deb hisoblaydi va shu yozda u bilan xayrlashmoqchi emas.
Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, Lissabon klubi iyun oyidan beri barcha manfaatdor jamoalarga futbolchining shartnomasida 80 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatilganini ma'lum qilib kelmoqda.
OAVda tarqalgan xabarlarga ko'ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik rahbariyatdan «Atletiko»dan Xulian Alvaresni sotib olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni so'ragan.
