«Komo» hujumchi borasida «Chelsi»ga murojaat qildi
14 AVGUST, 2026, 17:48
«Chelsi» hujumchisi Liam Delap faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, ingliz futbolchisiga «Komo» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Italiya klubi forvardning ehtimoliy transferi bo'yicha dastlabki qadamlarni tashlab bo'lgan.
Ta'kidlanishicha, yaqinda Trevo Chalobaning transferi sababli «Komo» va «Chelsi» o'rtasida juda yaxshi munosabatlar o'rnatilgan. Bu omil tomonlarga ingliz hujumchisi bo'yicha muzokaralarda yordam berishi mumkin.
Delap «Chelsi»ga 2025 yilning yozida ko'chib o'tgan edi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, futbolchining transfer qiymati 28 million evroga baholanmoqda.
