logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Lammens «Yunayted»da 1-raqamni oldi

 14 AVGUST, 2026, 17:24

Darvozabon Senne Lammens 2026/27 yilgi mavsumda «Manchester Yunayted»ning 1-raqami ostida to'p suradi.

Belgiyalik golkiper o'tgan yozda «Antverpen»dan «qizil iblislar» safiga ko'chib o'tgach, 31-raqamli libosni olgan edi.

O'sha vaqtda birinchi raqam Altay Bayindirga tegishli edi, ammo Turkiya terma jamoasi darvozaboni endi ijara asosida «Selta» sharafini himoya qiladi.

Mavsum yakunlariga ko'ra, belgiyalik darvozabon Premer-liga tomonidan «Mavsum transferi» mukofotiga loyiq ko'rildi. U jami 33 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va Maykl Karrik jamoasiga chempionatda uchinchi o'rinni egallashga yordam berdi.

Lammens APL erasida «Manchester Yunayted»ning 1-raqamini kiyadigan sakkizinchi darvozabonga aylanadi. Bu raqam ostida to'p surgan birinchi golkiper Peter Shmeyxel bo'lib, u 1992 yildan 1999 yilgacha ushbu raqamda o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ