logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Kristal Pelas» «Chelsi»ning talabini haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda

 14 AVGUST, 2026, 17:06

«Chelsi» va «Kristal Pelas» klublari himoyachi Aksel Disasining ehtimoliy transferini muhokama qilishda davom etmoqda.

Jurnalist Santi Aunaning ma'lumotiga ko'ra, London klubi frantsiyalik futbolchini sotib olish huquqisiz, 5 million evro evaziga ijaraga qo'yib yuborishga tayyor.

«Kristal Pelas» esa «Chelsi»ning moliyaviy talablarini haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda, shu sababli tomonlar hozircha kelishuv shartlari bo'yicha bir to'xtamga kelishgani yo'q. Shu bilan birga, muzokaralar jarayoni to'xtatilgani yo'q.

Har ikkala klub vakillari yaqin kunlarda transfer muhokamasiga qaytishlari kutilmoqda.

Disasi «Chelsi»ga 2023 yilda «Monako»dan kelib qo'shilgan edi. O'shandan beri u «ko'klar» safida 61 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, futbolchi ijara asosida «Aston Villa» va «Vest Hem» klublarida ham to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ