logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Frattezi «Latsio»ga o'tishni yakunlash uchun Rimga jo'nab ketdi

 14 AVGUST, 2026, 16:54

Yarim himoyachi Davide Frattezi «Inter»dan «Latsio»ga o'tishni yakunlash uchun Rimga jo'nab ketdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Kelishuv klublar tomonidan tasdiqlangan yangilangan shartlar asosida amalga oshirilmoqda. Italiyalik yarim himoyachi avval 5 million evro evaziga ijaraga o'tadi, «Latsio» esa uni 10 million evroga sotib olish huquqiga (optsiyasiga) ega bo'ladi. Bu sotib olish majburiy emas.

Shuningdek, «Inter» Frattesining keyingi sotuvidan 50% ulushni o'zida saqlab qoladi. Yaqin vaqt ichida futbolchi transferni yakunlash uchun Italiya poytaxtiga etib kelishi kerak.

O'tgan mavsumda Davide klub safida 33 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ