logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Darvin Nunes «Trabzonspor»ga o'tmoqda, hujumchi ertaga Turkiyaga uchib keladi

 14 AVGUST, 2026, 16:36

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Darvin Nunes Turkiyaning «Trabzonspor» klubiga o'tishga juda yaqin turibdi. Insayder Sasha Tavolerining X tarmog'ida xabar berishicha, Trabzon shahri klubi ushbu futbolchi uchun kechgan raqobatda Istanbulning «Beshiktash» jamoasini ortda qoldirdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Nunes ertaga, 15 avgust kuni Turkiyaga uchib keladi. Urugvaylik hujumchi yangi jamoasiga bir mavsumlik ijara huquqi asosida kelib qo'shilishi aytilmoqda.

Avvalroq «Trabzonspor» «Liverpul»ning yana bir sobiq hujumchisi Muhammad Saloh transferini erkin agent maqomida e'lon qilgan edi. Nunesga da'vogarlik qilgan «Beshiktash» esa «Yuventus»ning sobiq forvardi Dushan Vlahovich bilan tarkibini kuchaytirib oldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ