"Maxachev Gerriga nokaut bilan yutqazadi" - Konor Makgregor
14 AVGUST, 2026, 16:32
UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Islam Maxachev va Yen Machado Gerri o'rtasidagi bo'lajak jang haqida o'z fikrini bildirdi."Olg'a, Gerri! Unda g'alaba uchun kerak bo'lgan barcha narsa bor: bo'yi baland, masofani yaxshi his qiladi va xavfsiz harakat qila oladi.
Maxachev yarim o'rta vaznda hali o'zini ko'rsatishi kerak. Men jang natijasini qanday ko'raman? O'ng oyoq bilan boshga aniq xay-kik — va irland-braziliyalik jangchining g'alabasi", — dedi Makgregor.
Manba: olamsport.com
