logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Galatasaroy» Batrakov bo'yicha taklifini yaxshiladi

 14 AVGUST, 2026, 16:30

Turkiyaning «Galatasaroy» klubi Moskvaning «Lokomotiv» jamoasiga yarim himoyachi Aleksey Batrakovning transferi bo'yicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda futbol insayderi Yag'iz Sabunjuo'g'lu xabar bermoqda.

Jurnalistning ta'kidlashicha, transferning umumiy summasi 28 million evroni tashkil etadi. Ushbu mablag'ning 3 million evrosi bonuslar ko'rinishida ko'zda tutilgan. Sabunjuo'g'luning qayd etishicha, «Galatasaroy» ayni damda taklif yuzasidan «Lokomotiv»ning javobini kutmoqda.

Aleksey Batrakov — «Lokomotiv» tarbiyalanuvchisi bo'lib, butun faoliyati davomida ushbu klub sharafini himoya qilib kelmoqda. Avvalroq insayderlar futbolchining o'zi klub rahbariyatidan uni «Galatasaroy»ga qo'yib yuborishlarini so'raganini xabar qilishgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ