logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:58
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

De Yong jurnalistni yolg'on tarqatishda aybladi

 14 AVGUST, 2026, 16:24

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong jurnalist Xerard Romero haqida tanqidiy fikr bildirdi. Niderlandiyalik futbolchi Romeroni yolg'on ma'lumot tarqatishda aybladi.

— O'tgan mavsumda u meni Chempionlar ligasida «Atletiko»ga qarshi o'ynashdan bosh tortgan, deb aytgan edi. Bu yolg'on. U shuningdek, Xansi Flik bilan munosabatlarim yomonligini ham ta'kidladi. Bu ham haqiqatga to'g'ri kelmaydi. U men haqimda bir necha bor yolg'on tarqatdi. Men bunga ortiq chiday olmayman. U yolg'on ma'lumot tarqatishning oqibatlari borligini tushunib etishi kerak, — dedi de Yong The Touchline nashriga.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ