logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mareska «Manchester Siti»ning ehtimoliy transferlari haqida gapirdi

 14 AVGUST, 2026, 16:06

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska matbuot anjumanida bugun kun oxirigacha biror transfer amalga oshishini kutish kerakmi-yo'qmi degan savolga javob berdi.

«Rostini aytsam, bugun emas. Bugun biror narsa yuz berishiga ishonmayman», — dedi Mareska.

Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasida «Manchester Siti» Elliot Anderson uchun 135 million evro to'lab, o'z tarixidagi transfer rekordini yangilagan edi.

Yakshanba, 16 avgust kuni «Manchester Siti» Angliya Superkubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ