logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

“Vest Xem” isroillik futbolchini sotib olgani uchun keskin tanqid qilinmoqda

 14 AVGUST, 2026, 15:54

Angliyaning “Vest Hem” klubi isroillik 27 yoshli futbolch Manor Solomonni o'z safiga qo'shib oldi. Biroq futbolchining G'azodagi urush fonida Isroilni ochiqchasiga qo'llab-quvvatlab kelayotgani ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarning jiddiy e'tiroziga sabab bo'lmoqda.

Premer Ligadan tushib ketgan London klubi ushbu futbolchini “Tottenhem”dan sotib oldi. Shartnoma qiymati dastlab 5 million funt (6,75 mln dollar) etib belgilangan, biroq bonuslar bilan bu summa 7 million funtgacha (9,45 mln dollar) ko'tarilishi mumkin.

Isroillik futbolchining kelishi qator bahs-munozaralarni keltirib chiqardi. Solomon 2023-yil oktyabr oyidagi voqealardan so'ng o'zining Instagram sahifasida “Isroil o'zini himoya qilishga haqli” ekanini yozib, kuzatuvchilarini “Isroil uchun ibodat qilishga” chaqirgan edi. Shuningdek, u falastinliklarni o'z xalqini o'ldirishda ayblagan postlarni ham ulashgan.

Bunday xatti-harakatlar uning avvalgi jamoalarida ham muammo keltirib chiqargan. Xususan, 2025-yilning sentyabr oyida “Vilyarreal”ga o'tganida, ispan klubi muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda boykot e'lon qilgan edi. Keyinchalik “Sevilya”ga qarshi safar uchrashuvida stadionda Falastin bayroqlari ko'tarilib, futbolchiga nisbatan hushtakbozlik qilingan.

Ayni paytda “Vest Hem”ning ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari ham ikki qutbga bo'lingan: ba'zilar “Falastinga ozodlik” deb yozayotgan bo'lsa, boshqalar Isroil bayrog'ini qoldirib, Solomonni qo'llab-quvvatlamoqda.

Klub muxlislari bu borada turlicha fikrda. Jumladan, 28 yoshli muxlis Kallum Gordon sport va siyosatni ajratish tarafdori ekanini bildirdi: “Men uni faqat futbolchi sifatida baholashni va maydonda qanday foyda keltira olishiga e'tibor qaratishni afzal ko'raman”.

20 yoshli Lola Rayt ismli muxlis esa G'azodagi holatni genotsid deb hisoblashini va Solomonning pozitsiyasiga qarshi ekanini ta'kidladi: “Uning yaxshi futbolchi ekanini inkor etib bo'lmaydi. Ammo bu mavsum biz uchun jamoaviy ruh va muxlislar o'rtasidagi bog'liqlik muhimroq. Bu transfer har ikkala jihatga salbiy ta'sir ko'rsatishi aniq”

Futbolchining Isroil armiyasida xizmat qilgani borasidagi xabarlar ham tanqidlarni yanada kuchaytirmoqda. Garchan uning bevosita jangovar harakatlarda ishtirok etgani haqida aniq dalillar bo'lmasa-da, falastinliklar uchun bu holat baribir og'riqli qabul qilinadi.

Ma'lumot o'rnida, Falastin Futbol Assotsiatsiyasi statistikasiga ko'ra, 2026-yilning 12-fevral holatiga qadar G'azodagi sport hamjamiyatining 1007 nafar vakili, jumladan, 565 nafar futbolchi halok bo'lgan. Hududdagi 265 ta sport inshootiga jiddiy zarar etkazilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ