Mareska Rodri va Fernandes haqidagi savollarga javob berdi
14 AVGUST, 2026, 15:30
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska Rodrining «Barselona»ga ehtimoliy o'tishi hamda Entso Fernandesning transferi borasidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Rodri haqidagi xabarlarmi? Transfer oynasi ochiqligi va futbolchilarni sotib olishimiz yoki sotishimiz mumkinligi haqida avval ham aytgandik. Har qanday narsa yuz berishi mumkin. Men hozirgina Rodrini ko'rdim va uni bag'rimga bosdim. Uning ahvoli yaxshi. Voqealar rivojini kuzatamiz.
Fernandesning ehtimoliy transferimi? Javobim har doim bir xil bo'ladi. U boshqa klub futbolchisi va u haqda gapirishim to'g'ri emas deb hisoblayman. Shu bilan birga, boshqa klublarning ham bizning o'yinchilarimiz haqida gapirishini to'g'ri deb bilmayman. Shu sababli boshqa jamoa futbolchilari haqida hech narsa demayman», — dedi Mareska matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, 16 avgust kuni «Manchester Siti» Angliya Superkubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.
