logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona»ning Rodri transferi uchun xarajatlari 210 mln evrodan oshishi mumkin

 14 AVGUST, 2026, 15:12

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodrining «Manchester Siti»dan «Barselona»ga o'tishi kataloniyaliklarga umumiy hisobda 210 million evroga tushishi mumkin. AS nashrining xabar berishicha, kataloniyaliklar futbolchiga soliqlardan tashqari yiliga 15 million evro maosh ko'zda tutilgan 4 yillik shartnoma taklif qilgan.

Soliqlarni hisobga olganda, «Barselona» Rodrining maoshi uchun mavsumiga 34 million evro sarflaydi. Ushbu chiqimlar, so'ralayotgan 80 million evrolik transfer summasi va agentlik komissiyalari bilan birgalikda shartnomaning umumiy qiymatini 210 million evrogacha oshiradi. Avvalroq inglizlar kataloniyaliklarning futbolchi bo'yicha dastlabki ikkita taklifini rad etgani ma'lum qilingan edi.

Ta'kidlanishicha, shartnomasi tugashiga bir yil qolgan futbolchilarni arzonlashtirilgan narxda sotib olish amaliyoti o'tmishda qolgan. Bunday ko'rinishdagi oxirgi yirik transfer germaniyalik Toni Kroosning «Bavariya» bilan shartnomasi tugashiga 12 oy qolganda 20 million evro evaziga «Real»ga o'tishi bo'lgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ