logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Siti» Fernandes uchun 120 mln evro taklif qilishga tayyor

 14 AVGUST, 2026, 15:06

Rodrining «Barselona»ga o'tishi yaqinlashayotgani sababli, «Manchester Siti» tarkibga yangi yarim himoyachi olib kelishni rejalashtirmoqda. «Shaharliklar» bosh murabbiyi Entso Mareskaning fikricha, 25 yoshli Entso Fernandes maydon markazida Rodrining o'rnini ideal tarzda egallay oladi.

Italiyaning Sky nashri xabariga ko'ra, «Manchester Siti» Fernandes uchun 120 million evro taklif qilishga tayyor.

Ma'lum bo'lishicha, «Chelsi» ushbu transfer bo'yicha dedlayn belgilagan — Entso Fernandes bo'yicha taklif juma kuni kechgacha berilishi kerak. Ammo narx masalasida savollar mavjud. Avvalroq «aristokratlar» Fernandesni 120 millionga sotishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi, biroq bu summa evroda emas, funt sterlingda ko'rsatilgan. Bu evro hisobida taxminan 140 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ