logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dana Uayt Xabib Nurmagomedov haqida: "Agar u shunday qilganida, barcha davrlarning eng buyuk jangchisi bo'lardi"

 14 AVGUST, 2026, 14:48

UFC rahbari Dana Uayt yarim o'rta vazn toifasidagi amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev va sobiq chempion Xabib Nurmagomedovning tashkilotdagi yutuqlarini taqqosladi.

Uayt amaldagi chempionning faoliyati uzoqroq davom etganini takidlab, Xabibning ehtimoliy merosi haqida ham fikr bildirdi.

— Albatta, Xabib UFC'ga keyinroq keldi va barcha kuchli raqiblar bilan jang qildi. Ammo u UFC'dagi faoliyatini boshlashidan oldin ham juda ko'p g'alabalarga erishgan edi. Islam erishgan natijalar haqiqatan ham hayratlanarli. Malum manoda, hatto bir mag'lubiyati bo'lsa ham, uning yutuqlarini Xabibning UFC'dagi natijalaridan ham tasirliroq deb hisoblash mumkinmi?

— Ha, albatta. Islam Xabibdan ko'proq natijaga erishdi, chunki u uzoqroq jang qildi. Agar Xabib faoliyatini davom ettirganida, yana nimalarga erishishi mumkinligini hech kim bilmaydi. Rostini aytsam, agar Xabib barcha yaxshi bilganidek o'z imkoniyatlarini to'liq namoyon qilganida, u shubhasiz barcha davrlarning eng buyuk jangchisi bo'lardi, — dedi Uayt.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ