logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Barselona»da yana Luis Suares paydo bo'lishi mumkin

 14 AVGUST, 2026, 14:42

Yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar «Barselona» markaziy hujumchi pozitsiyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Kataloniyaliklar Xulian Alvaresni o'z safiga qo'shib olish umidini uzmagan, ammo «Atletiko»ning qat'iy pozitsiyasi fonida «ko'k-anorranglilar» boshqa variantlarni ham ko'rib chiqmoqda.

Nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Barselona» Luis Suares nomzodini ko'rib chiqmoqda. Albatta, gap 2014–2020 yillarda kataloniyaliklar sharafini himoya qilgan urugvaylik hujumchi haqida ketmayapti. Gap «Sporting»ning Luis Suaresi haqida bormoqda.

Romanoning ta'kidlashicha, Suares transferini amalga oshirish «Barselona» uchun oson bo'lmaydi, chunki 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi «Sporting»ning asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi.

Agar Xulian Alvares bilan bog'liq bitimni amalga oshirishning iloji bo'lmasa, «Barselona» keyingi haftadan boshlab Luis Suares nomzodini atroflicha ko'rib chiqishni boshlaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ