logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Tottenxem» ikkita transfer ustida ishlamoqda

 14 AVGUST, 2026, 14:30

Londonning «Tottenxem» klubi hujumchilarni sotib olish bo'yicha faol ishlarni davom ettirmoqda.

CaughtOffside xabariga ko'ra, «shporlar» «Liverpul»dan Kodi Gakpo va «Manchester Siti»dan Savioni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ta'kidlanishicha, Savio «Tottenxem»ga o'tishni o'zi xohlayotgani sababli uni sotib olish ehtimoli yuqoriroq.

Gakponing o'tishiga kelsak, uning «Liverpul»ni tark etishi mersisaydliklar Bredli Barkola va Ibraima Mbaye bilan shartnoma imzolashiga bog'liq.

Angliya Premer-ligasining yangi mavsum birinchi turida «Tottenxem» safarda «Brentford»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ