Jerrard yangi mavsumda sharhlovchi bo'lib ishlaydi
14 AVGUST, 2026, 14:24
Stiven Jerrard TNT Sports kanalida ekspertlik rolini yangi mavsumda sharhlovchilik ishi bilan birgalikda olib boradi. «Liverpul» afsonasi endilikda Premer-liga, Chempionlar ligasi va Angliya kubogi o'yinlari translyatsiyalarida muntazam ravishda faoliyat yuritadi.
Jerrard ekspert sifatida chiqish qilishda davom etadi, ammo vaqti-vaqti bilan TNT Sports etakchi sharhlovchilari bilan birgalikda o'yinlarni sharhlash jarayoniga ham qo'shilib turadi.
Avvalroq 46 yoshli Jerrard TNT Sports kanalida taklif etilgan ekspert sifatida ishlagan edi, biroq endi uning efirlardagi ishtiroki muntazam tus oladi.
