«Manchester Siti» Skott va Mak Allister nomzodlarini ko'rib chiqdi
14 AVGUST, 2026, 14:12
Yarim himoyachilar Aleks Skott va Aleksis Mak Allister yozgi transfer oynasida Angliyaning «Manchester Siti» klubi tomonidan ko'rib chiqilgan. Bu haqda BBC Sport xabar bermoqda.
Manba beradigan ma'lumotlarga ko'ra, «shaharliklar» «Bornmut» havbeki Aleks Skott va «Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Mak Allisterning ehtimoliy transferi variantlarini o'rganib chiqishgan.
Ta'kidlanishicha, avvalroq Skott o'zini saqlab qolish istagini bildirgan «olchalar» bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan edi. «Bornmut» futbolchini «Chelsi»ga 75 million evroga sotmadi va boshqa takliflarni ko'rib chiqmoqchi emasligini aniq bildirdi.
16 avgust kuni «Manchester Siti» yangi mavsumdagi ilk o'yinini «Arsenal»ga qarshi o'tkazadi. Angliya Superkubogi uchun kechadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
