«PSJ», «Manchester Siti» va boshqa grandlar «Chelsi» futbolchisini kuzatishmoqda
14 AVGUST, 2026, 14:12
Londonning «Chelsi» klubi qanot himoyachisi Malo Gyusto boshqa bir top-klubga ko'chib o'tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 23 yoshli frantsuz futbolchisini o'z safiga qo'shib olishga «Tottenxem», «PSJ», «Liverpul», «Bavariya», «Yuventus» va «Manchester Siti» klublari qiziqish bildirmoqda. Ammo ta'kidlanishicha, «shaharliklar» Gyustoni faqat transfer oynasining so'nggi kunlarida sotib olishga harakat qilishlari mumkin.
Manba beradigan ma'lumotlarga ko'ra, «Chelsi» 87,8 million evro miqdoridagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
2025/26 yilgi mavsumda Gyusto barcha turnirlarni hisobga olgan holda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
