Fred «Fenerbaxche»dan «Atletiko Mineyro»ga o'tdi
14 AVGUST, 2026, 14:00
«Fenerbaxche» yarim himoyachisi Fred 2 million evro hamda 500 ming evro bonus evaziga «Atletiko Mineyro»ga ko'chib o'tdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
33 yoshli braziliyalik futbolchi yangi klubi bilan yana bir mavsumga uzaytirish optsiyasi bilan 3,5 yillik shartnoma imzoladi.
Turkiya chempionatining o'tgan mavsumida Fred 30 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
