logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Kerjakov A Seriyadagi asosiy favorit nomini aytdi

 14 AVGUST, 2026, 13:48

«Zenit» darvozabonlar murabbiyi Mixail Kerjakov Italiya A Seriyasining yangi mavsumida chempionlikka asosiy da'vogar haqida o'z fikrini bildirdi.

— Menimcha, birinchi o'ringa asosiy da'vogar — «Inter». Jamoa eng muvozanatli ko'rinmoqda, qolaversa, bosh murabbiy ham qoldi, — dedi Kerjakov «Match TV»ga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, mutaxassis yangi mavsumda Amorimning «Milan»dagi ishini hamda «Komo»ning o'yinini kuzatish u uchun qiziqarli bo'lishini aytib o'tdi.

O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra «Inter» Italiya chempioniga aylangan edi. Jamoa 38 ta turda 87 ochko jamg'ardi.

A Seriyaning yangi mavsumini Kristian Kivu shogirdlari o'z maydonida «Montsa»ga qarshi o'yin bilan boshlashadi. Bahs 22 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ