logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Romero «Atletiko»ga transfer oldidan tibbiy ko'rikdan o'tish uchun jo'nab ketdi

 14 AVGUST, 2026, 13:48

«Tottenxem» himoyachisi Kristian Romero «Atletiko» bilan bitimni yakunlash uchun Madridga jo'nab ketdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano ma'lum qildi.

Manba beradigan ma'lumotlarga ko'ra, 13 avgust kuni oqshomda argentinalik futbolchi o'z agenti bilan birga Ispaniyaga uchib ketgan. Yaqin orada o'yinchi tibbiy ko'rikdan o'tishi va «matraschilar» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Romeroning transferi «Atletiko»ga 40 million evroga tushadi. Himoyachi klub bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini tuzadi.

Ispaniya La Ligasining yangi mavsum birinchi turida «Atletiko» o'z maydonida «Malaga»ni qabul qiladi. O'yin 19 avgust kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ