«Tottenxem» Osimxenni kuzatmoqda
14 AVGUST, 2026, 13:42
«Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxen faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, nigeriyalik futbolchiga Londonning «Tottenxem» klubi qiziqish bildirmoqda. Ta'kidlanishicha, «Galatasaroy» 64,4 million evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Shuningdek, nigeriyalik hujumchining xizmatlariga Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi ham qiziqmoqda, ammo Osimxenni sotib olish uchun klub avval Karim Benzemani sotib yuborishi kerak.
O'tgan mavsumda 27 yoshli Osimxen 33 ta bahsda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Hujumchining «Galatasaroy» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
