logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Siti» hali ham Entso Fernandes bo'yicha taklif bilan chiqmadi

 14 AVGUST, 2026, 13:42

«Chelsi» hamon yarim himoyachi Entso Fernandes transferi bo'yicha «Manchester Siti»dan hech qanday taklif olgani yo'q. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Avvalroq, agar «shaharliklar» juma kuni oqshomigacha 140 million evro taklif qilishsa, «Chelsi» argentinalik futbolchini qo'yib yuborishi ma'lum bo'lgan edi.

Manbaning ta'kidlashicha, Fernandes — «Manchester Siti» ustozi Entso Mareska uchun Rodri Ernandesning o'rnini bosadigan asosiy transfer nishonidir. Ammo qayd etilishicha, klub hozircha «Chelsi»ga rasmiy taklif yubormagan. Agar Angliya vitse-chempionlari o'z vaqtida 140 million evrolik offer jo'natishsa, «ko'klar» kelishuvga rozi bo'lishadi.

O'tgan mavsumda Fernandes barcha turnirlarni hisobga olgan holda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ